Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar COVID-19ning yengil shaklidan keyin antitanacha qancha vaqt saqlanib qolishini aniqladilar

Olimlar COVID-19ning yengil shaklidan keyin antitanacha qancha vaqt saqlanib qolishini aniqladilar

Foto: «Coronavirus-covid2019.ru»

COVID-19ning yengil shaklidan so‘ng antitanacha bir yilgacha saqlanib qolishi mumkin, deb hisoblaydi Stokgolmdagi Danderid shifoxonasi olimlari. Ularning tadqiqotlari klinikaning veb-saytida e’lon qilingan.

2020-yil bahorida shifokorlar tibbiyot muassasasining ikki mingdan ortiq xodimidan qon olishdi. Taxminan 19%ida SARS-CoV-2 ga qarshi antitanacha aniqlandi. Bundan tashqari, ular yuzdan ortiq COVID-19 bemorlarining qon namunalarini tahlil qilishdi. Bir yil o‘tgach, o‘rganish yakunlandi.

«Biz COVID-19ning yengil shaklidan so‘ng bir yil o‘tib antitanachalarga yaxshi reaksiyani kuzatmoqdamiz», — deyiladi tadqiqotda.

Tadqiqotda 2020-yil bahorida koronavirus bilan kasallangan hamda emlanmagan bir guruh odamlar, jumladan, shifoxona xodimlari va bemorlar ishtirok etishdi. Bir yil davomida shifokorlar infeksiyani tabiiy yuqtirgandan so‘ng odam immunitetini o‘rganishdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2020-yil bahorida kasallikning yengil shaklini boshidan o‘tkazganlarning 80%idan ortig‘i bir yildan so‘ng antitanachalarning o‘lchov darajasiga egalik qilishdi.

Shuningdek, tadqiqotchilar antitanachalar virusning yangi variantlariga qarshi kurashish qobiliyatini tekshirdilar va ular hozirgi kunda Yevropada keng tarqalgan alfa va delta shtammlariga qarshi kurasha olishlarini aniqladilar.

Shu bilan birga, shved shifokorlari koronavirus bilan kasallangan bo‘lsangiz ham, rasmiylarning tavsiyalariga amal qilish va emlash zarurligini ta’kidlamoqda. Olimlarning fikricha, COVID-19ni boshidan o‘tkazganlarda antitanacha darajasi vaksinatsiyadan keyin ham sezilarli darajada oshadi. Biroq mutaxassislar ushbu darajalarning himoya qilish muddati bilan o‘zaro bog‘liqligini hali bilishmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring