Olimlar asalariga koronavirusni aniqlashni o‘rgatib qo‘yishdi
Niderlandiyada olimlar asalarilar koronavirusni aniqlay olishlarini ma’lum qilishdi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.
Asal tashuvchi hasharotlar uchun xartumchasini qon namunasiga botirish kifoya. Tadqiqotchilar bu samarali va arzon usul ekanligini ta’kidlashmoqda. Jarayon bir necha soniya davom etadi.
Asalarilar xasta odamlarni koronavirus bilan kasallangan odam chiqaradigan maxsus hid orqali aniqlashadi. Olimlarning fikricha, nazariy jihatdan asalarilarni bu qo‘zg‘atuvchiga o‘rgatish mumkin.
Asal tashuvchi asalari uzoq masofalardan hidni sezishi mumkin. Hozirgacha itlarga koronavirusni hid orqali aniqlashni o‘rgatishgan. Ammo biologlar hasharotlarda hid sezish qobiliyati bir necha bor yuqoriroq ekanligiga e’tibor qaratishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter