Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘lgan insondan koronavirus yuqishi mumkinmi?

O‘lgan insondan koronavirus yuqishi mumkinmi?

Foto: «The Daily Mail»

Ilk marotaba o‘lgan insondan koronavirus yuqishi Bangkok (Tailand)da kuzatildi. Bu haqda «The Daily Mail» yozmoqda.

Koronavirus oqibatida vafot etgan odamdan kasallikni yuqtirib olgan sudmedekspertning o‘zi ham virus qurboniga aylandi.

Tailandlik va hindistonlik mutaxassislar sudmedekspertning tirik insondan koronavirus yuqtirib olish ehtimolini juda past baholashgan, chunki u faqat o‘liklar bilan «ishlagan».

Eslatib o‘tamiz, JSST va boshqa tibbiyot tashkilotlari koronavirus oqibatida vafot etganlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirishgandi, negaki virus qanday tarqatayotgani oxirigacha o‘rganilmagan.

Sudmedekspertlar va patologoanatomlarga maxsus himoya kiyimi, ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar va tibbiy niqob kiyish tavsiya etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring