Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston poytaxti karantinga kiradi

Qozog‘iston poytaxti karantinga kiradi

Foto: «Sportsdaily.ru»

Qizil zonada joylashgan Nursulton shahrida yakshanba — 21-martdan lokdaun joriy etiladi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

Qozog‘iston poytaxtida yakshanbadan boshlab savdo markazlari, savdo uylari (ularda joylashgan dorixonalar, oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari bilan savdo qiluvchi do‘konlari bundan mustasno), yopiq nooziq-ovqat bozorlari, yopiq sport inshootlari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi markazlar, «Qozog‘iston pochtasi» AJ aloqa bo‘limlari ishlashi taqiqlanadi.

Shuningdek, yakshanba kuni jamoat transporti to‘xtatiladi — dezinfeksiya ishlari olib boriladi.

Shanba va yakshanba kunlari fitnes-markazlar, fitnes-klublar, sport-sog‘lomlashtirish ob’yektlari, saunalar, SPA-markazlari ham yopiladi.

Nursultonda epidemiologik vaziyat barqaror emas. O‘tgan bayramdan beri koronavirus tarqalishi kundan-kunga ko‘paymoqda. Shu munosabat bilan 18-martdan qo‘shimcha karantin choralari belgilanadi. Navro‘z bayramiga atalgan ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. Virus tarqalmasligi uchun sanitariya qoidalariga rioya etish: niqob taqish, masofani saqlash tavsiya etilmoqda.

Shahar bosh sanitar-vrachi S.Beĭsenovaning ta’kidlashicha, 18-martdan umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar) ish vaqti qisqartiriladi: ish kunlari va dam olish kunlari ertalab soat 07:00 dan kechki soat 22:00 gacha belgilanadi.

Bundan tashqari, 18-martdan Qozog‘iston poytaxtidagi kinoteatrlar va kinorumlar to‘liq yopiladi.

Ma’lumot uchun: kecha, 15-mart kuni Qozog‘istonda 1011 kishida koronavirus aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring