Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Otabekov «statistikaga kirmay qolgan o‘lim holati»ga izoh berdi

Nurmat Otabekov «statistikaga kirmay qolgan o‘lim holati»ga izoh berdi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva 2021-yilning 5-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan ta’lim muassasasi tarbiyachisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgani va 7-mart kuni vafot etgani haqida ma’lum qilgandi.

Shuningdek, u 9-mart kuni janoza paytida mazkur ta’lim muassasasining bir necha xodimlari ishtirok etgani va bu bilan muassasa tarbiyalanuvchilarining sog‘lig‘ini xavfga qo‘yganini bildirgandi.

Ushbu ma’lumotdan keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur o‘lim holatini statistikaga qo‘shmagani ayon bo‘lib qoldi.

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik» mavzusidagi matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov buning sababini izohlashga urindi.

Uning fikricha, bemor shifoxonaga olib borilishidan oldin unda virus tasdiqlangan. Ammo shifoxonadagi maxsus laborator tekshiruvida manfiy natija qayd etilgan. Shu sabab ham rasmiy statistikaga kiritilmagan. Hozirda patologoanatom xulosasi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring