Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Otabekov xalqaro yuk mashina haydovchilari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Nurmat Otabekov xalqaro yuk mashina haydovchilari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi:
 
– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 5 ming 293 nafarga yetdi. 15 iyun kuni 76, kasallik qayd etilgandan buyon 4 ming 19 nafar, ya’ni 76 foiz bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 1 ming 255 bemor davolanmoqda, 14 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. 
 
Keyingi kunlarda kasallanganlar son jihatdan ortib boryapti. Bunga bir necha sabablar bor, xususan, karantinga olayotgan fuqarolarimiz soni ko‘paymoqda, xorijiy davlatlardan fuqarolarimiz olib kelinyapti. Hozirgi paytda 48 ming fuqaro kuzatuv ostida bo‘lib, 21 mingdan ortig‘i statsionar sharoitda karantinga joylashtirilgan. Ular orasida kasallik aniqlanishi muqarrar. Buni inkor qila olmaymiz. Oxirgi axborot taqdim etilgandan buyon yana 30 fuqaroda kasallik qayd etildi.
 
Otabekov shuningdek, xalqaro yuk mashina haydovchilari bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtaldi. 
 
Xalqaro yuk mashina haydovchilarida deyarli har kuni kasallik aniqlanyapti. Ular xizmat taqozosi yuzasidan xorijiy davlatlarga, ayniqsa, epidemik noxush hududlarga borib keladi. Respublika hududiga qaytib kelgan zahoti ulardan koronavirusga tekshirish uchun namuna olinib, 14 kun kuzatuvda bo‘ladi. Xorijiy davlatlardan kelgan haydovchilardan ham chegaradan kirgan zahoti namuna olib tekshiriladi. Tahlil natijalari manfiy bo‘lsagina O‘zbekiston hududida harakatlanishi yoki boshqa bir davlatga o‘tib ketishiga ruxsat beriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring