Nurmat Otabekov: «Vaziyat yana murakkablashishi ehtimoli yo‘q emas»
Bugun AOKA press-xolida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda respublikamizda koronavirus bo‘yicha vaziyatning yana murakkablashish ehtimoli haqida so‘raldi.
– Albatta bu ehtimol yo‘q emas. Men mutaxassis sifatida hozirgi holatni «Aldamchi barqarorlik, aldamchi osoyishtalik» deb baholagan bo‘lardim. Demak, biz hushyor bo‘lishimiz kerak. Agar salomatligimizga befarq bo‘lmasak, kasallikning biron-bir klinik belgilarini sezgan zahoti tibbiyot xodimlariga murojaat qilsak, o‘zboshimcha davolanishga urinmasak, uy sharoitida davolanish va karantinda bo‘lish qoidalariga rioya qilsak, u holda vaziyatni barqaror ushlab turishimiz mumkin.
Aks holda epidemik vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Kuz-qish payti virusli, respirator kasalliklarning mavsumiy ko‘tarilish davri hisoblanadi. Bu esa zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshirish kerak deb o‘ylayman, – dedi Nurmat Otabekov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter