Nurmat Otabekov dastlab qaysi hududlar aholisi emlanishini ochiqladi
Xo‘sh, emlash tadbirlari qaysi vaksina bilan va birinchi qaysi hududlarda boshlanadi? Bu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Atabekov mazkur masalaga izoh berib o‘tdi.
— Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash ikkala turdagi vaksina bilan bir paytning o‘zida boshlanadi, — dedi mutaxassis. — Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgan:
Aprel oyida birinchi galda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish;
May oyida tuman markazlari va kichik shaharlar aholisini ommaviy emlash tadbirlarini amalga oshirish;
Iyun oyida esa boshqa hududlarni ommaviy emlash tadbirlari bilan qamrab olish.
Mabodo may-iyun oylarida emlanishi rejalashtirilgan xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamida koronavirusga qarshi ertaroq emlanishga hohish paydo bo‘lsa, u holda ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda joylashgan emlash punktlariga murojaat qilishlari va belgilangan kunda kelib emlanishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter