Noxush rekord yana yangilandi, yetti bemor vafot etdi
2021 yil 23 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 123559 (+773) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 68 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 21 nafari Andijon viloyatida,
- 17 nafari Buxoro viloyatida,
- 94 nafari Jizzax viloyatida,
- 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 12 nafari Navoiy viloyatida,
- 33 nafari Namangan viloyatida,
- 85 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 88 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 81 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 29 nafari Xorazm viloyatida,
- 95 nafari Toshkent viloyatida,
- 109 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 507 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 117962 (+659) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 826 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter