Norvegiyada koronavirusning eng yangi turi aniqlandi
Norvegiyada koronavirusning V.1.525 deb nomlangan yangi turi topildi. U oddiysidan ko‘ra yuqumliroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi NRK teleradiokompaniyasi Milliy sog‘liqni saqlash institutiga tayanib.
«Chorshanba kuni mamlakatda ham Britaniya, ham Janubiy Afrika variantlari bilan o‘xshashliklarga ega bo‘lgan yangi shtamm aniqlandi», — deya ta’kidladi telekompaniya.
Norvegiyada so‘nggi 24 soat ichida V.1.525 shtammini yuqtirish bilan bog‘liq 10 ga yaqin holat qayd etilgani aytilmoqda.
«U yuqumliroq ekanligini hozircha bilmaymiz, lekin ehtimoldan xoli emas», — deya telekompaniya institut kafedra mudiri Line Voldning so‘zlarini keltiradi.
Uning aytishicha, Norvegiyada allaqachon koronavirusning turli shtammlari aniqlangan. Vaqt o‘tishi bilan ularning o‘zgarishi odatiy hol bo‘lib qoldi.
Shu bilan birga, shtammlarning aniq diagnostikasi mavjud bo‘lmagan boshqa mamlakatlarda bunday variant u yerda allaqachon aylanib yurganligi umuman ma’lum bo‘lmasligi ham mumkin. Norvegiya Buyuk Britaniya, Daniya va Islandiya bilan bir qatorda aniqlangan shtammlarni sinchkovlik bilan tahlil qilmoqda, deya izohladi institut.
Bugungi kunga kelib, norvegiyalik mutaxassislarning fikricha, Osloda har yettinchi infeksiya holati boshqa kommunalar bo‘ylab tarqalib ketgan «britan» shtammi tufayli kelib chiqqan — jami 700 ga yaqin. Bundan tashqari, «Janubiy Afrika» shtammining 42 ta holati ma’lum. Olimlar unga qarshi vaksinaning samaradorligini hali bilishmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter