Norvegiyada koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan ikki inson vafot etdi
Norvegiyada «Pfizer/BioNTech» vaksinasi — «Comirnaty» bilan emlangan qariyalar uyida yashovchi ikki inson vafot etdi.
Norvegiya dori vositalari agentligi (SL) va Norvegiya jamoat salomatligi instituti ushbu voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.
«Birinchi navbatda jiddiy kasalliklari bor eng zaif bemorlar vaksinatsiya qilinyapti. O‘lim sababi aynan vaksinadami yoki bu tasodifmi — aniq baholashimiz kerak», — dedi SL tibbiyot direktori Steynar Madsen.
«Comirnaty» bilan eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta’sir emlangan joyda og‘riq paydo bo‘lishidir, bemorlarning 80 foizida bu holat kuzatiladi. Boshqa nojo‘ya ta’sirlar — holsizlik, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, qaltiroq tutishi va isitma.
«Biroq bu yoqimsiz nojo‘ya ta’sirlar bir necha kunda o‘tib ketadi. Vaksina Buyuk Britaniya va AQShda emlanganlarda og‘ir allergik reaksiyalarni keltirib chiqargani haqida ma’lumotga egamiz», — deyiladi SL bergan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiyada «Pfizer» (AQSh) va «BioNTech» (Germaniya) kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqargan vaksina bilan emlash 2020-yilning 27-dekabridan boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter