Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel mukofoti sovrindori: koronavirus laboratoriyada yaratilgan

Nobel mukofoti sovrindori: koronavirus laboratoriyada yaratilgan

Foto: «Osimira.com»

2008-yilda OIVni kashf etgani uchun Nobel mukofotini olgan fransiyalik virusolog Lyuk Montanening fikricha, yangi COVID-19 koronavirusi tabiiy paydo bo‘lmagan, u laboratoriyada yaratilgan.

«Ushbu virus bilan manipulyasiya qilingan, degan xulosaga keldik», — dedi Montane «CNEws» telekanaliga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, COVID-19 ga OIV zarralari qo‘shilgan.

«Virus tabiiy kelib chiqmagan, bu molekulyar biologlarning ishi», — deb hisoblaydi virusolog. — Qanday maqsadda yaratilgani noma’lum. Mening vazifam — faktlarni keltirish, men hech kimni ayblamayapman, buni kim va nima uchun qilganini bilmayman. Ehtimol, ular OITSga qarshi vaksina ishlab chiqmoqchi bo‘lishgandir».

Shu bilan birga, «Pourquoi docteur» portaliga bergan intervyusida bu virus Uxan laboratoriyasidan chiqqanligini aytib o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring