Niqob yordamida pandemiyani to‘xtatishning iloji yo‘q. Lekin...
Himoya niqoblarini taqish koronavirus pandemiyasini to‘xtata olmaydi. Olimlar bu hodisani «The Daily Mail» nashriga tushuntirib berishdi.
Edinburg universiteti virusologi Pol Digard infeksiya havodagi tomchilar orqali yuqishini ko‘rsatib berdi. Odam yo‘talganda yoki aksirganda tomchilar tarkibidagi virus havoga tarqaladi. Virus zarralarining o‘zi haddan tashqari kichkina bo‘lib, matodan osonlikcha o‘tib ketadi. Lekin virus katta suv tomchilarida bo‘lsa, to‘siqni yengib o‘tolmaydi.
Niqob to‘g‘ri taqilgandagina samara beradi, ya’ni odamning og‘zi bilan burni yopiq bo‘lishi kerak, deya ta’kidladi London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi professori Jimmi Uitvort. Agar ba’zi odamlar himoya vositalarini noto‘g‘ri taqishsa, ularning samaradorligini aniqlash qiyin bo‘ladi.
«Biz niqoblarning qanday samaraga ega ekanligini aniq bilmaymiz. Ammo sog‘lom fikr ularni taqish kerakligini aytmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter