Niderlandiyada ilk bor koronavirusdan hech kim vafot etmadi
Niderlandiyada mart oyidan buyon koronavirus tufayli ilk bor bir kecha-kunduzda o‘lim holati qayd etilmadi. Epidemiya mobaynida jami 6 090 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash milliy instituti (RIVM).
Pandemiya boshlangandan beri Niderlandiyada 49 658 kishida koronavirus aniqlandi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 69 ta yangi holat qayd etildi. Shifoxonalarda 11 851 kishi davolanmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter