Nega Toshkent shahri «qizil» hududga o‘tmayotgani haqidagi savolga javob berildi
AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda nega Toshkent shahri bemorlar soni ko‘pligiga qaramay, «sariq» hudud bo‘lib qolayotgani haqildagi savolga javob qaytarildi.
— Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik ob’yektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra:
- jami 513 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 42 tasi — «qizil» hudud;
- 132 tasi — «sariq» hudud;
- 339 tasi — «yashil» hududga ajratilgan.
Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta’sir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash tizimli tarzda amalga oshirilmoqda, deydi Botir Qurbonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter