Nega ayrim odamlarga COVID-19 yuqmaydi — sababi ma’lum bo‘ldi
Glazgo universitetining Virus tadqiqotlari markazi (MRC) olimlari COVID-19 bilan kasallanmaydigan odamlarning «siri»ni aniqlashdi.
Hamma gap genda, aniqrog‘i OAS1 genidagi mutatsiya (oqsilga yog‘ molekulalari birika olishi) koronavirusni yuqtirish ehtimoliga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday mutatsiyaga ega kishilarga kasallik kamroq shikast yetkazadi yoki umuman yuqmasligi mumkin.
Olimlarga ko‘ra, ushbu mutatsiyaga uchragan OAS1 geni organizmga tushgan virusni darhol payqab «trevoga ko‘taradi», deb yozmoqda «Science» jurnali. OAS1 geni «yomon forma»da bo‘lgan kishilarda ko‘pincha COVID-19 og‘ir formada kechgani kuzatilgan, o‘lim holatlari ehtimoli ham 1,6 karra yuqoriroq.
Biroq quvonishga erta, olimlar koronavirusning yangi mutatsiyalari bu himoyani ham yorib kirishi mumkin, degan xavotirni bildirishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter