Navoiy va Qashqadaryoda ikki bemor koronavirus qurboniga aylandi
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashagan 44 yoshli Sh.T. (erkak)da «COVID-19» tasdiqlangach, shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, epilepsiya kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.
Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasidan vafot etgan.
Ikkinchi bemor Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashagan 70 yoshli T.R. (erkak)dir.
Bemorga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi asoratlari bilan kechgan.
Bundan tashqari, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter