Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda koronavirusdan sog‘ayganlar soni oshdi

Namanganda koronavirusdan sog‘ayganlar soni oshdi

Ayni soatlarda Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (4 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari Uychi tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 80 yoshli onaxon bo‘lsa, eng yoshi kichiga 14 yoshda. Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar 233 nafar bo‘lsa, endilikda ular 240 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 9 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun 40 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2532 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 3089 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, mamlakatimizning 7 ta hududida jami 544 nafar bemor davolanmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring