Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 84 yoshli bemor sog‘aydi

Namanganda 84 yoshli bemor sog‘aydi

Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Sog‘ayib chiqqanlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 2 nafari ayollardir. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning barchasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan shahridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 84 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 48 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 219 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 224 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2412 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring