«Nafas ol, O‘zbekiston!» aksiyasi boshlandi
Bugun biz «Nafas ol, O‘zbekiston!» aksiyasi doirasidagi harakatimizni boshlaymiz. Ezgu Amal jamg‘armasi odamlarga yordam berish uchun tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda bor kuch va imkoniyatini safarbar qilmoqda, deb yozmoqda tadbirkor va bloger Aziza Umarova.
Uning qayd etishicha, volontyorlar — shifokorlar va OTM talabalari. Joylarga borish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha.
Loyiha ikki bosqichdan iborat. Dastlabki 5-8 kun volontyorlar telefon orqali chaqiruvlar bo‘yicha borishadi, keyinchalik vakolatli davlat idoralari bilan kelishib ularni *103 xizmati bilan birga yurishini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Hozirda 5 litrlik apparatlar bor va homiylar tufayli bir nechta 10 litrlik apparatlar ham olingan.
«Hozircha faqat Toshkent shahrida ish boshlayapmiz. Ha, biz bu kasallik ko‘lamini his qilib, bo‘lajak qo‘ng‘iroqlarning qanchalik ko‘p bo‘lishini bilib turibmiz. Shu bois, volontyorlar hammaga javob berishga ulgurmay qolsa, oldindan uzr so‘raymiz. Konsentratorlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p odamga yordam berardik.
Shu bilan birga homiylar tomonidan ajratilgan 80+50 dona konsentratorlar viloyat shifoxonalariga jo‘natish rejalashtirilmoqda.
Qo‘llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat. Biz birgalikda katta kuchmiz» — deb yozadi Aziza Umarova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter