«Delta» shtammi xavfli mutatsiyaga uchradi
«Delta» shtammining yangi mutatsiyasi oldingisidan 10–15 foiz yuqumliroq, Kembrijdagi Senger instituti va London universitet kolleji olimlari buni aniqlashdi.
Hozirga kelib Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanishlarning qariyb 10 foizini yangi mutatsiya tashkil etmoqda.
Mutatsiyaga AY.4.2 nomi berildi. U butun pandemiya davridagi koronaviruslarning eng yuqumlisi bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi London universitetining Genetika instituti direktori Fransua Ballu.
Xavotirli jihati, AY.4.2 Buyuk Britaniyadan tashqariga ham chiqqan, xususan, xorijdan Isroilga qaytgan 11 yoshli bolada aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter