Mushuklarda ham koronavirus topildi — AQSh
AQShdagi koronavirus o‘chog‘i — Nyu-York shtatida koronavirus bo‘yicha test olingan ikkita uy mushugida natija musbat chiqdi — jonivorlar kasallangan. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotiga ko‘ra, mushuklarda yengil respirator alomatlar kuzatilgan. Jonivorlar kasallikni o‘zlari yashaydigan uyda yoki uning atrofida yuqtirgan bo‘lishi mumkin.
Bir ma’lumotda mushuklardan birining egasi jonivor kasallanishidan bir hafta oldin respirator kasallikka chalingani aytiladi.
Ikkinchi mushukning egasida koronavirus tasdiqlangan. O‘sha odamning ikkinchi mushugi ham bo‘lib, unda kasallik alomatlari ko‘rinmagan.
Mushuklardan tashqari, Bronksdagi hayvonot bog‘ida bir nechta sher va yo‘lbarslarda ham koronavirus kasalligi aniqlangani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter