Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilindi
AOKA zalida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning ahvoli haqida ma’lumot berildi.
«Bemor hozirda respirator terapiya olmoqda – u o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi apparatiga ulangan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Musa Yerniyazovni davolash uchun boshqa davlatga olib ketish haqida hech qanday gap bo‘lgani yo‘q», dedi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Anvar Alimov.
Qo‘shimcha qilinishicha, Musa Yerniyazovda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganidan beri u Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali klinikasida davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter