Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musa Yerniyazovning o‘limi haqida asossiz xabarlar tarqaldi

Musa Yerniyazovning o‘limi haqida asossiz xabarlar tarqaldi

Musa Yerniyazov

Bugun, 25-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘p yillardan buyon Raislik qilib kelayotgan Musa Tajetdinovich Yerniyazovning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.

Tez orada bu xabarlarning dastlabki manbasi sifatida ko‘rsatilgan repost.uz sayti xakerlar hujumiga uchragani ma’lum bo‘ldi va saytning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida raisning 20 iyul kuni vafot etgani haqidagi bu xabar rad etildi.

Vaziyatga aniqlik kiritish uchun quyidagilarni bayon qilamiz:

– Bu xabar haqiqatga mutlaqo zid. Musa Tajetdinovich hayot va ayni paytda davolanmoqda. Yetakchi mutaxassislar u kishining sog‘ligi tiklanishi uchun kurashishyapti, uzluksiz konsiliumlar o‘tkazilyapti. Asossiz xabar tarqatishning javobgarligi borligini unutmaslik lozim, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring