Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Munisa Rizayeva oilaviy og‘ir ahvolda ekanligini ma’lum qildi (video)

Munisa Rizayeva oilaviy og‘ir ahvolda ekanligini ma’lum qildi (video)

Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda xonanda Munisa Rizayevaning oilaviy koronavirusga chalinib, shifoxonaga tushishgani ma’lum qilindi.

Shifoxonadan tasvirga olingan videoda xonandaning aytishicha, uning onasi va otasi judayam og‘ir ahvolda. O‘zi ham pnevmoniyaga chalinib, shifoxonada tomchi ukollar olayotganini bildirgan.

«Uyda o‘tiringlar, o‘zinglarni, uydagilarni asranglar. Koronavirus haqiqatda bor, ishoninglar» – deydi Munisa Rizayeva muxlislari bilan bo‘lgan videomuloqotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring