Boliviya sog‘liqni saqlash vaziri koronavirusni yuqtirib oldi
Boliviya sog‘liqni saqlash vaziri Eydi Roka COVID-19 ga chalindi, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Janin Anes.
«Sog‘liqni saqlash vazirining COVID-19 ga topshirgan test natijalari musbat chiqdi. Uni qo‘llab-quvvatlayman. Virusga qarshi kurash tinim bilmay davom etmoqda. Vazirning tezroq sog‘ayishini tilayman», — deb yozgan u «Twitter»da.
Boliviyada jami 38 071 kishida koronavirus qayd etilgan bo‘lib, 1 378 nafari vafot etgan, 11 272 kishi tuzalgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter