Mexikoda metro yo‘lovchilaridan gaplashmaslik so‘raldi
«Callados prevenimos el contagio» («Jimgina yuqtirishning oldini olamiz») kampaniyasi gapirganda paydo bo‘ladigan hamda yopiq joyda kasallik yuqishiga sabab bo‘ladigan tomchilarning atrofga tarqalishini kamaytirishga qaratilgan», — deyiladi Mexiko metropolitenining «Twitter»dagi sahifasida.
Kampaniya dushanba kuni start oldi. Mexiko metropoliteni ma’muriyati, shuningdek, yo‘lovchilarni butun safar chog‘ida niqobdan foydalanishga chaqirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Meksikada koronavirus qurbonlari soni 10 167 kishiga yetdi. Jami 93 435 kishi kasallikka chalingan.
Mamlakatda koronavirus epidemiyasi avjiga chiqqan bo‘lib, kuniga kasallik aniqlanish soni bo‘yicha kuchli beshlikka kiradi. COVID-19 asosan Mexiko shtati (1921) va shahrida (3975) qayd etilmoqda.
Dushanba kuni Meksikada koronavirusga qarshi sanitariya tadbirlarining yangi bosqichi boshlandi. To‘rtta bosqichdan iborat mintaqaviy «svetofor» tizimi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib faoliyatning barcha turlarini tiklash masalasini tartibga soladi. Boshida Sakatekasdan (to‘q sariq bosqichida) tashqari barcha hududlarga qizil signal o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter