Meksikada odamlar vaksina o‘rniga distillangan suv bilan emlanishgan
Pfizer – Biontech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgani taxmin qilinayotgan soxta vaksina Meksika va Polshada topildi. Bu haqda «MIR 24» telekanali xabar berdi.
«Wall Street Journal» nashrining yozishicha, Polshada hibsga olingan shaxsning yonidan gialuron kislotali ampula chiqqan. U ajinlarga qarshi vosita bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Yoshartiruvchi dori bilan hech kim emlanishga ulgurmadi. Erkak firibgarlikda ayblanmoqda.
Meksikada esa vaksina o‘rniga odamlar distillangan suv bilan emlangan. Bir doza uchun ming dollar so‘rashgan. Xizmatdan 80 kishi foydalangan. Yaxshiyamki, bunday in’yeksiya organizmga zarar yetkazmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter