Mehrimiz СOVID-19dan ustun
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasi o‘z tashabbusi bilan mamlakatimizda tojlivirus infeksiyasining tarqalishini barvaqt oldini olish undan to‘liq himoyalanish va bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning mart oyida bir kunlik ish haqini «O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga o‘tkazdi.
Ushbu mehr-muruvvatli tashabbus fuqarolarimiz qalbidagi mehr-oqibat, ezgulik va g‘amxo‘rlikning ustuvor belgisidir.
Umid qilamizki, yaqin kunlarda mamlakatimiz aholisi ushbu sinovli kunlarda sabr-bardoshlik bilan talofatsiz o‘tib oladi.
TIQXMMI matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter