Mehribonlik uylariga niqoblar va sanitariya-gigiyena vositalari yetkazildi
Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Shunday tadbirlardan navbatdagicida respublikamizdagi 34 ta mehribonlik uylari, bolalar uylari, bolalar shaharchalari hamda o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va xavfsizligini ta’minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ko‘maklashish maqsadida insonparvarlik yordami sifatida himoya niqoblari va sanitariya-gigiyena vositalari beg‘araz yetkazib berildi.
Insonparvarlik yordami o‘z ichiga 15 turga yaqin himoya niqoblari va sanitariya-gigiyena vositalarini jamlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter