Maxsus poliklinikalar xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi
«Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (461-son, 04.08.2020-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan, markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (COVID markaz) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:
- vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;
- kichik tibbiyot xodimlariga – 1 mln so‘m;
- boshqa xodimlarga – 500 ming so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter