Mamlakatda yangi kasallanishlar soni ma’lum qilindi
2020-yil 19-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1565 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugun soat 18:00da bemorlar soni 1543 nafarni tashkil etgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida mamlakatda 22 ta yangi kasallanish holati aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda sog‘ayganlar soni 225 nafarni, vafot etganlar 5 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter