Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun davomida koronavirusga chalinganlar 100 dan oshib ketdi

Kun davomida koronavirusga chalinganlar 100 dan oshib ketdi

2020 yil 7 iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4302 (+121) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 98 nafar Toshkent shahrida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3330 (+62) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 955 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring