Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koviddan o‘pkaning zararlanishi ikki karra tezlashdi

Koviddan o‘pkaning zararlanishi ikki karra tezlashdi

Foto: «Iz.ru»

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko COVID-19 tarqalishi yanada faollashganini ta’kidladi.

Pandemiyaning boshida koronavirusga chalingan bemorlarda oltinchi-yettinchi sutkalarga kelib o‘pka zararlanishi qayd etilardi, endi uchinchi-to‘rtinchi sutkalardan o‘pka shikastlanishi boshlangan, dedi u dushanba, 19-iyul kuni «Rossiya 24» telekanali efiridagi chiqishida. Bugungi kunda SARS-CoV-2 uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyat aynan o‘pkaning tez shikastlanishi, shuning uchun ham davolanishni ertaroq boshlash juda muhim, qo‘shimcha qildi Murashko.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda paydo bo‘lib, keyin butun dunyoga tarqab ketgan «Delta» shtammi nafaqat yuquvchanlik darajasi yuqoriligi, balki o‘pkalar uchun yanada ko‘proq xavf tug‘dirishi bilan boshqa kovid-shtammlardan ajralib turadi.

«Bemor kasalxonaga KT-2 (kompyuter tomografiyasi yordamida aniqlangan shikastlanish darajasi) bilan kelyapti, ertasiga bu KT-3 ga aylanmoqda, indiniga u jonlantirish bo‘limida», — ayni holatni biologiya fanlari doktori, Jorj Meyson universiteti (AQSh)ning Tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova shunday izohlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring