Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus o‘pkada jiddiy asoratlar qoldirgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirus o‘pkada jiddiy asoratlar qoldirgani ma’lum bo‘ldi

Pandemiya boshlangandan buyon COVID-19 juda ko‘p bor mutatsiyaga uchradi. Avvaliga koronavirusning o‘zi insonlar hayotiga katta xavf tug‘dirgan bo‘lsa, keyinroq uning og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza Parpiyeva ma’lum qildi.

«Shundan eng keng tarqalgani — o‘pka fibrozi. Koronavirusli pnevmoniyaga chalingan bemorlarda tegishli muolajalardan so‘ng o‘pkada chandiqlar hosil bo‘lib, bu, vaqt o‘tishi bilan nafas olish samaradorligi pasayishiga olib keldi.

Pandemiyaning ilk yillarida SOVID-19ga chalingan bemorlarning taxminan 20-25 foizida pnevmoniya rivojlangan bo‘lsa, «delta» shtammi dominant versiyaga aylangach, bu ko‘rsatkich yanada ortdi. Eng yomoni, o‘sha yillarda o‘lim ko‘rsatkichlari keskin ko‘paydi. Muolaja olib, to‘liq sog‘ayganlarda ham asoratlar qoldi. O‘pkadagi yallig‘lanish o‘rnida chandiqlar paydo bo‘ldi.

Fibroz tufayli sog‘lom o‘pka to‘qimalari o‘z xususiyatini yo‘qotodi. Oqibatda alveolalar (o‘pkadagi gaz almashinuvi uchun mas’ul pufakchalar) kislorodni o‘zlashtira olmaydi va nafas olish funksiyasi buziladi. Agar tegishli muolajalar amalga oshirilmasa, o‘pka fibrozi asta-sekin qator asoratlarni yuzaga keltiradi.

Jumladan, bemor hansirash va havo yetishmasligi, surunkali yo‘taldan aziyat chekadi. O‘pka, yurak yetishmovchiligi paydo bo‘lishi mumkin. Miyaning kislorodga to‘yinmasligi esa  ruhiy holat va ong o‘zgarishiga olib keladi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, «omikron»ning VA.2 turida ham «delta» shtammiga xos xususiyatlar qisman namoyon bo‘ldi. Ya’ni, mazkur subvariant yuqori nafas yo‘llarigagina emas, balki insonning nozik a’zosi — o‘pkasiga «zarba» berdi», deydi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring