Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kovidda o‘lim xavfini kamaytiruvchi oddiy dori aniqlandi

Kovidda o‘lim xavfini kamaytiruvchi oddiy dori aniqlandi

Foto: «Gazetaingush.ru»

Aspirinning ozgina dozasi COVID-19 bilan kasallanganlarning o‘lim darajasini, shuningdek, ularning reanimatsiyaga tushish va koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga yordam berish uchun sun’iy o‘pka ventilyasiyasidan foydalanish zaruratini kamaytirishi mumkin, deb hisoblaydi AQSh poytaxtidagi Jorj Vashington universiteti olimlari.

«COVID-19 va tromb o‘rtasidagi bog‘liqlikdan xabar topgach, insult va yurak xurujlarining oldini olishda ishlatiladigan aspirin COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarga ham yordam berishi mumkinligini tushunib yetdik. Tadqiqotimiz natijasida past dozali aspirin bilan COVID-19 kechish darajasi, shuningdek, o‘lim ko‘rsatkichining kamayishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladik», — deya ta’kidladi olim Jonatan Chou.

Tadqiqot 2020-yil martidan iyul oyigacha AQShning barcha shifoxonalarida 400 nafar bemorda o‘tkazilgan. Turli demografik omillar va hamroh kasalliklarni hisobga olgan holda aspirindan foydalanish natijasida sun’iy o‘pka ventilyasiyasini qo‘llash 44 foizga, intensiv terapiya zarurati 43 foizga, reanimatsiyaga tushish va shifoxonada o‘lim holatlari 47 foizga kamaygan.

Chou ushbu tadqiqot boshqalarni aspirinning COVID-19 bemorlarida o‘pka shikastlanishini kamaytirishga ta’sirini o‘rganishga undashiga umid qilishini aytgan.

«Aspirin arzon, hamma joyda topiladi, millionlab odamlar o‘z kasalliklarini davolashda uni anchadan beri ishlatib kelishmoqda. Ushbu bog‘liqlikni aniqlash COVID-19ning eng halokatli asoratlaridan birini kamaytirishni xohlovchilar uchun juda katta yutuqdir», — deb so‘zini yakunlagan olim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring