Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning zararliroq turi aniqlandi

Koronavirusning zararliroq turi aniqlandi

Foto: «Depositphotos / ralwel»

Britaniyalik olimlar koronavirusning yangi turini topishdi, u tezroq tarqalmoqda, dedi Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok.

«Genetiklarimiz sharofati bilan bir necha kun oldin biz koronavirusning yangi turini aniqladik. Bu Angliya janubi-sharqida kasallikning tez tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Dastlabki tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, virusning yangi turi oldindan ma’lum bo‘lgan turlariga qaraganda tezroq tarqalmoqda», — dedi vazir Jamoalar palatasida.

Xenkokning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Angliya janubidagi 60 ta hududda yangi turdagi virus bilan zararlangan minglab kishilar qayd etilgan va kasallanganlar juda tez ko‘paymoqda.

Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, virusning yangi mutatsiyasi kasallikning og‘ir kechishiga olib kelishi, shuningdek, hozirda ishlab chiqarilayotgan COVID-19ga qarshi vaksinalar yangi turdagi virusga ta’sir ko‘rsatmay qolishi mumkin, deyishga hech qanday asos yo‘q.

«JSST virusning yangi turidan boxabar. So‘nggi oylarda Yevropaning boshqa davlatlarida ham koronavirusning shunga o‘xshash turlari aniqlangan», — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring