Koronavirusning yoshlar uchun xavfli mutatsiyasi tarqalmoqda
Janubiy Afrika Respublikasida odatdagidan tezroq tarqaladigan SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shakli aniqlandi, deb xabar berdi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi.
501.V2 nomini olgan koronavirusning ushbu mutatsiyasini yuqtirish holatlari avvalroq Buyuk Buyuk Britaniya va Avstraliyada aniqlangandi, bu tur Janubiy Afrikada birinchi marta qayd etilmoqda.
Yangi turdagi virusning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u yoshlarda og‘ir koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaradi. Janubiy Afrika Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Zveli Mxize aholini vahimaga tushmaslikka va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirdi.
Janubiy Afrika hukumati 10 dekabr kuni mamlakatda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter