Koronavirusning yangi to‘lqini: Pekin yopilmoqda
Koronavirus tarqab ketishining oldini olish maqsadida Pekin shahri ma’muriyati poytaxtning mamlakatdagi boshqa tumanlar bilan avtomobil aloqasini to‘xtatishga qaror qildi. Shahardagi ulgurji bozorda o‘tgan haftada koronavirusning yangi o‘chog‘i paydo bo‘lgandi.
Xabarga ko‘ra, taksi avtomobillariga shahar tashqarisiga chiqish taqiqlandi, bu cheklov yo‘l-yo‘lakay odam olib ketuvchi boshqa haydovchilarga ham taalluqli. Shaharga kirish-chiqish postlari o‘rnatish ham rejalashtirilgan.
Shahar sog‘liqni saqlash qo‘mitasi kasallikni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan insonlarga Pekindan tashqariga chiqishni taqiqladi, xuddi shunday gumonda tutilayotgan, ammo shahardan chiqib ketishga ulgurganlarga esa zudlik bilan o‘zlari borgan joydagi mahalliy hokimiyatlar vakillariga murojat qilish talab etilmoqda.
XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan shanbadan boshlab, uch kun davomida Pekinda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 99 ta yangi holat aniqlandi. Bu statistikaga virusni simptomsiz tashuvchilar qo‘shilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter