Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yangi simptomlari ma’lum qilindi, biroq...

Koronavirusning yangi simptomlari ma’lum qilindi, biroq...

Foto: «BitukMedia»

Toliqish, mushaklardagi og‘riq, oyoqlarda pufakchalarning paydo bo‘lishi koronavirus darakchilari bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Daily Mail» britaniyalik olimlar Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha maslahat guruhi (SAGE)ga taqdim etgan hisobotga asoslanib xabar berdi.

Mutaxassislarga ko‘ra, bu alomatlar kasallik yuqtirganlarning yoshi va organizmi xususiyatlariga qarab turli yo‘llar bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Biroq Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi, test olish markazlari gavjumlashib ketmasligi uchun, yangi alomatlarni COVID-19 indikatorlari ro‘yxatiga qo‘shmadi.

Mamlakatda yuqori darajali isitma, surunkali yo‘tal va hid bilishning uzoq muddatli yo‘qolishi kovidning alomatlari sifatida rasman tan olingan.

Pandemiya boshlanganidan beri Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasi 570 ming kishida aniqlandi, 42 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring