Koronavirusning yangi o‘chog‘i e’lon qilindi — JSST
Janubiy Amerika koronavirusning yangi epitsentriga aylandi. Bu haqda JSST sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi.
Braziliya — materikda koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakat. Koronavirusni yuqtirganlar soni 310 ming kishidan oshib ketib, Braziliya kasallar soni bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Rayanning ta’kidlashicha, mintaqadagi vaziyat o‘ta tashvishli — Lotin Amerikasi mamlakatlarida kasallikni yuqtirish bo‘yicha holatlar ko‘payib boryapti.
Koronavirusni yuqtirganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Peru — 108 ming nafar bemor. Chilida 61 kishi, Ekvadorda 35 ming kishiga kasallik yuqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter