Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning super shtammlari paydo bo‘lish sabablari aytildi

Koronavirusning super shtammlari paydo bo‘lish sabablari aytildi

Foto: «Yaplakal.com»

Aholi orasida keng tarqalib, kasallanishlar soni ko‘payishiga olib kelsa, virus mutatsiyasi ehtimoli ortadi. Shunday qilib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa byurosi direktori Xans Klyuge «Lenta.ru» saytiga bergan intervyusida koronavirusning super shtammlari paydo bo‘lishini tushuntirdi.

«Viruslar vaqt o‘tgan sari rivojlanib boradi va buning hech qanday ajablanarli joyi yo‘q. Virus qanchalik tez tarqalsa, mutatsiyalar shunchalik ko‘payadi. U qanchalik sust tarqalsa, mutatsiyalar shunchalik kamayadi», — deya izohladi mutaxassis.

Klyuge vaksinalar muammosi hal etilmas ekan, koronavirusning yangi turlari paydo bo‘lishda davom etishidan ogohlantirdi. U boshqa davlatlarni vaksinalarni olish imkoniyati cheklangan mamlakatlarga zudlik bilan yordam berishga chaqirdi.

«COVID-19ga qarshi samarali vaksinalarni tez ishlab chiqarish — ushbu pandemiyani bartaraf etish yo‘llaridan biri. Ammo xavf ostida bo‘lganlar bu preparatlarni olmas ekan, kelajakda paydo bo‘ladigan yangi shtammlar erishgan barcha yutuqlarimizga putur yetkazadi va pandemiyani uzaytiradi», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring