Koronavirusning organizmda tarqalish tezligi o‘lchandi
Koronavirus (SARS-CoV-2) inson organizmida qancha tezlikda tarqaladi? Virusning tezligi o‘lchangan tadqiqot haqida «Science Alert» xabar berdi.
Britaniyalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotda 18 dan 30 yoshgacha, ilgari koronavirusga chalinmagan va unga qarshi vaksina qabul qilmagan 34 nafar sog‘lom odam ko‘ngilli sifatida qatnashdi. Burun yo‘li orqali ularga SARS-CoV-2 ning past dozasi yuborilib, koronavirus yuqtirildi.
Ko‘ngillilarning 18 nafarida kasallik rivojlandi, 16 nafarida esa juda past darajadagi alomatlar yuzaga chiqdi: tomoq, bosh, bo‘g‘in va mushaklardagi og‘riqlar, holsizlik va istitma. 13 nafarida hid sezish yo‘qoldi, oradan uch oy o‘tib 10 nafarida hid sezish qobiliyati tiklangan bo‘lsa, uch nafari hamon muammodan qutulgan emas.
Kasallik sun’iy yuqtirilganlarda virusning inkubatsiya davri o‘rtacha 42 soatni tashkil etdi, shu vaqt oralig‘ida ularning organizmida viruslar soni shiddatli ravishda ko‘paydi. Kasallikni yuqtirgandan so‘ng 40 soat o‘tib tomoqda, 58 soat o‘tib burunda aniqlash mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
SARS-CoV-2 bilan to‘qnashgandan so‘ng virus yuklamasi eng cho‘qqisiga besh kundan so‘ng chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter