Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar koronavirusning og‘ir turini chetlab o‘tishi aytildi

Kimlar koronavirusning og‘ir turini chetlab o‘tishi aytildi

Rossiyalik virusolog Vitaliy Zverev kimlarda koronavirusning og‘ir turi bilan kasallanish xavfi kamroq bo‘lishini ma’lum qildi.

«Surunkali kasalliklarga chalingan, qon aylanish tizimi yoki immun tizimi buzilgan odamlar uchun bu virus xavfli. Qolganlar niqob rejimi va gigiyena standartlariga rioya xavf ularga tahdid solmaydi», dedi Zverev.

Mutaxassis, shuningdek, yengil shakldagi bemorlar kasallikni og‘ir shakldagilarga qaraganda kamroq yuqtirishi mumkinmi degan savolga javob berdi.

«Virusni yuqtirishning dozasi juda muhimdir. Shunisi aniqki, kasallikning og‘ir turiga yo‘liqqan bemorlardan ushbu virusning doimiy ravishda ko‘p miqdorda tarqalishi boshqalarga yuqtirish ehtimolini oshiradi. Kasallikni yengil shaklda boshidan o‘tkazayotganlar jamiyat uchun kamroq xavfga ega», dedi virusolog.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring