Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning og‘ir kechish tashxisi qo‘yilgan 83 yoshli onaxon vafot etdi

Koronavirusning og‘ir kechish tashxisi qo‘yilgan 83 yoshli onaxon vafot etdi

Foto:«Gazeta.uz»

Uchtepa tumanida yashovchi 83 yoshli onaxon Sh.T.ni joriy yil 25-iyundan tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, hansirash va nafas siqishi bezovta qilgan. 28-iyun kuni esa koronavirus aniqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

30 iyun kuni tos suyagi buyinchasi singanligi sababli 1-son shahar klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga koronavirus og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemor ikki tomonlama gonartroz, ikki tomonlama koksoartroz kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Bemor bundan avval, ko‘p yillardan buyon gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib keladi. 2019-yildan beri esa yotoq holatda bo‘lgan (tizza va tos-son bug‘imlari osteoartrozi, joriy yil 16-iyun kuni esa yiqilib tushishi oqibatida tos suyagi buyinchasi singan).

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Biroz avvalroq, SSV Afg‘oniston fuqarosi koronavirusdan vafot etganini xabar qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring