Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning hech kim kutmagan alomati

Koronavirusning hech kim kutmagan alomati

Foto: «Blackpantera.ru»

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlikka isitma va yo‘tal emas, balki hiqichoq xurujlari ishora qilishi mumkin. Ushbu alomat juda kam uchraydi, lekin baribir bor, deya xabar berdi «Vechernyaya Moskva».

Sechenov universiteti nerv kasalliklari va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Vladimir Parfenovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan bir yil davomida tibbiy adabiyotlarda bor-yo‘g‘i yettita ana shunday holat qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, mutaxassislarga hiqichoq kelib chiqishining 100 ga yaqin sabablari ma’lum. U ko‘pincha oshqozon-ichak yoki nerv tizimi kasalliklari oqibatida, insult, jarohatlar, bosh miya o‘smasidan so‘ng boshlanadi, deya xabar beradi AGN «Moskva». Ba’zida xurujlar shu darajada kuchli bo‘ladiki, odamlar shifokorga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring