Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning eng xavfli shtammi bo‘yicha ma’lumot berildi

Koronavirusning eng xavfli shtammi bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto:«Nuz.uz»

Koronavirus infeksiyasining qaysi shtammi eng xavfli hisoblanadi? AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirus infeksiyasi va unga qarshi vaksinatsiya borasidagi savollarga javob berdi.

Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha ma’lumotlar doimiy ravishda o‘zgarib tursada, bugungi kunda AQSh, Xitoy, Rossiya va Yevropa davlatlari ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda aniqlangan va tasdiqlanib kelayotgan koronavirus infeksiyasining shtammlari ichida birlamchi paydo bo‘lgan koronavirusga nisbatan turli xil, ya’ni tezroq tarqaluvchi yoki og‘irroq kechuvchi xussusiyatlarga ega bo‘lgan shtammlari mavjudligi yoritilmoqda.

Oxirgi tadqiqotlar natijasida «afrikancha» shtamm eng xavfli deb tan olingan, chunki bu shtamm gumoral immunitetga qarshi tura oladi va unga qarshi davolashning ta’siri pastroq. Bu shtamm bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasi og‘ir va o‘ta og‘ir darajada o‘tadi.

Lekin, shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, bu shtamm birlamchi koronavirusga va britancha shtammga nisbatan sekin tarqaluvchandir. Shu xusussiyati bilan uni uchrashi kamroqdir.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring