Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning eng ko‘p uchraydigan alomati yo‘tal va isitma bo‘lmasa, unda nima?

Koronavirusning eng ko‘p uchraydigan alomati yo‘tal va isitma bo‘lmasa, unda nima?

Foto: «Togliatti24.ru»

Koronavirusga test natijasi musbat chiqqan odamlarda hid va ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishi eng ko‘p qayd etilgan, deya xabar berdi Britaniyaning «The Mirror» nashri.

Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘tal emas, aynan shu alomat koronavirusga test natijasi musbat chiqqan barcha yoshdagi odamlarda ko‘proq uchramoqda.

«Isitma va quruq yo‘taldan ehtiyot bo‘ling degan ogohlantirishlardan oldin odamlar hid va ta’m bilish qobiliyatini yo‘qotgani haqidagi xabarlar tarqaldi», — deyiladi xabarda.

15-avgustdan 26-oktyabrgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshdan oshgan bemorlar 20–40%i anosmiya, 15–25%i yuqori tana harorati, 13–18%i yo‘taldan shikoyat qilishgan. Yosh bemorlar orasida anosmiya ko‘rsatkichi 60%gacha yetgan.

Bundan tashqari, olimlar «King‘s College» dasturi ma’lumotlariga tayanib bolalar va kattalar koronavirusni turlicha o‘tkazishini aniqlashdi — COVID-19ga test natijasi musbat chiqqan 52% maktab o‘quvchilarida kasallikning «kattalarga xos alomatlari» qayd etilmagan.

Kecha, ya’ni 24-noyabr kuni amerikalik olimlar koronavirusning yana bir erta alomatini aniqlashgani haqida xabar bergandik. AQSh Milliy sog‘liqni saqlash instituti o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, COVID-19 kasalligining erta bosqichlarida bemor hid bilish epiteliylarining shikastlanishi tufayli og‘izda metall ta’mini sezishi mumkin.

Shunga qaramay, Angliya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) og‘izdagi metall ta’mi odatda xavfli emas, lekin shamollash yoki dori qabul qilish natijasida milk kasalliklari, nazal yoki respiratorli infeksiyalar alomati bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Nima bo‘lganda ham, tashxis qo‘yish uchun albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring