Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning asosiy alomatlari ma’lum qilindi

Koronavirusning asosiy alomatlari ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasining alomatlari o‘zgaryaptimi? Bu savolga SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob qaytardi.

Koronavirus infeksiyasida foizlar nisbatida oladigan bo‘lsak, eng ko‘p quyidagi belgilar uchraydi:

  • 90% holatlarda — tana harorati ko‘tarilishi;
  • 80% holatda — yo‘tal (quruq yoki kam miqdorda balg‘am bilan); 
  • 55% holatda — hansirash; 
  • 44% holatda — tez charchash;
  • 20% dan kam hollarda — ko‘krak qafasida noxushlik hissi;
  • mialgiya, hushning buzilishi, bosh og‘rishi, qon tupurish, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, yurak urib ketishi, tomoqda og‘riq, burun bitishi, hid va ta’m sezgisining pasayishi;
  • 2-11% holatlarda — konyuktivit belgilari.

Kasallanishning 6-8 kunlariga kelib hansirashning og‘irlashishi yuzaga keladi. Qariyalarda kasallik atipik ko‘rinishda ya’ni, harorat ko‘tarilishi, yo‘tal, hansirash kabi belgilarsiz kechishi mumkin.

Kuzatilishi mumkin bo‘lgan belgilarga deliriy, tushkunlik, holsizlik, kon’yunktivit, vasvasa, taxikardiya yoki AQB ning pasayishi kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring