Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni yuqtirganlar faqat ikki qo‘shni hududda aniqlandi

Koronavirusni yuqtirganlar faqat ikki qo‘shni hududda aniqlandi

2020-yil 26-sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 819 (+159) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 149 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar:

Toshkent shahrida 214, Toshkent viloyatida 108, Andijon viloyatida 16, Jizzax viloyatida 16, Samarqand viloyatida 10, Xorazm viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa, yurtimizda 51 322 (+368) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida 3045 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring